Erdoʻgʻon Ukraina masalasini hal etishda yana vositachilikni taklif qildi
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻon Donald Tramp bilan suhbatda Anqara Ukraina boʻyicha muzokaralarda yana vositachilik qilishga tayyorligini bildirdi.
9-noyabr, 18:54По-русски

Erdoʻgʻon muzokaralar uchun Istanbuldan yana maydon sifatida foydalanishni va gumanitar diplomatiya vositalarini ishga solishni taklif qildi. Uning soʻzlariga koʻra, Anqara Rossiya va Ukraina mojarosini toʻliq toʻxtatish uchun jadal saʼy-harakat olib bormoqda hamda Trampning uni hal etish siyosatini qoʻllab-quvvatlamoqda.
Suhbat chogʻida Turkiya prezidenti AQSh va Eron oʻrtasidagi mojaroning tinch yoʻl bilan hal etilishiga ham umid bildirdi. U Anqara Eronga yangi zarbalar berilishini va mintaqaning yanada beqarorlashuvini istamasligini aytdi.



