Toshkent va viloyatida 26 mingdan ortiq bir martalik narkotik dozasi olib qoʻyildi
Ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari poytaxt hamda Qibray tumanida bir nechta operatsiya oʻtkazdi. Ular 2,65 kilogramm narkotik moddani olib qoʻydi. Jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

Toshkent shahri va Toshkent viloyatida huquqni muhofaza qiluvchi organlar narkotik moddalar sotishda gumon qilinayotgan guruh faoliyatiga chek qoʻydi. Operatsiyalar «Xavfsiz va sogʻlom mamlakat» kampaniyasi doirasida oʻtkazildi.
Sergeli tumanida er-xotin va ularning gumon qilinayotgan sherigi ushlandi. Ichki ishlar vazirligi maʼlumotiga koʻra, ular narkotik moddalarni yashirin joylarga qoʻyib ketish usulida tarqatgan. Chilonzor tumanidagi ijaraga olingan xonadonni tintuv qilish chogʻida 450 gramm gashish va 100 gramm mefedron topildi.
Qibray tumanida gashish yana bir gumonlanuvchining avtomobilidan topildi. Guruhning gumon qilinayotgan yana ikki aʼzosi Toshkent shahrining Mirzo Ulugʻbek tumanida aniqlandi. U yerdagi xonadon tintuvida ikki kilogramm opiy ekstrakti va 40 gramm gashish olib qoʻyildi.
Jami 550 gramm gashish, 100 gramm mefedron va ikki kilogramm opiy ekstrakti olib qoʻyildi. Bu taxminan 26,3 mingta bir martalik dozaga teng. Jinoyat ishi Oʻzbekiston Jinoyat kodeksining giyohvand moddalarni sotish maqsadida noqonuniy muomalaga kiritish haqidagi 273-moddasi boʻyicha qoʻzgʻatildi.
Yana oʻqing

Oʻzbekiston jamoatchilik diplomatiyasi GPDNet tarmogʻining toʻlaqonli aʼzosiga aylandi
Oʻzbekiston16:28
Oʻzbekistonda davlat xizmatchilarining korrupsiyaga barqarorligini tekshirish tartibi ishlab chiqildi
Oʻzbekiston15:51
