46-hafta · 2026Dushanba, 9-noyabr 2026-yil
Oʻzbekiston

Qozogʻiston va Oʻzbekiston Toshkent, Olmaota va Ostona oʻrtasidagi aviaqatnovlar sonini oshirishga ruxsat beradi

Qozogʻiston va Oʻzbekiston oʻrtasidagi parvozlar chastotasini oshirishga qaror qilindi: Olmaota — Toshkent va Ostona — Toshkent yoʻnalishlarida bu koʻrsatkich haftasiga 60 tagacha qatnovni tashkil etishi mumkin.

5-noyabr, 18:24По-русски

Read in English

Toshkentda mamlakatlar oʻrtasidagi muntazam aviaqatnovlarni kengaytirish masalasi boʻyicha muzokaralar boʻlib oʻtdi. Uchrashuv fuqarolik aviatsiyasi sohasidagi hamkorlik boʻyicha «Xitoy — Markaziy Osiyo» ishchi guruhi konferensiyasi doirasida oʻtkazildi.

Qozogʻiston tomonini mamlakat Fuqarolik aviatsiyasi qoʻmitasi raisi Saltanat Tompiyeva taqdim etdi. Oʻzbekiston nomidan muhokamada Transport vazirligining Havo transporti boshqarmasi boshligʻi Jamoliddin Nazarov ishtirok etdi. Tomonlar parvozlar chastotasi va yirik shaharlar oʻrtasidagi aviaqatnovlardan foydalanish imkoniyatini koʻrib chiqdi.

Qolgan yoʻnalishlarda ruxsat etilgan parvozlar chastotasini haftasiga 14 tadan 20 tagacha oshirish rejalashtirilmoqda. Qozogʻiston Transport vazirligida kelishuvlar eng koʻp talab qilinadigan yoʻnalishlarda oʻrinlar sonini oshiradi, deb hisoblashmoqda.

Yana oʻqing