Minsk Germaniya bilan munosabatlarni tiklash borasidagi pozitsiyasini bildirdi
Belarus tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari Igor Sekreta Minsk Berlin bilan munosabatlarni normallashtirishga tayyorligini, biroq buni ittifoqchilar va ichki barqarorlik hisobiga amalga oshirmasligini aytdi.

U bu haqda 9 noyabr kuni Minskda Germaniya siyosatchilari va faollaridan iborat delegatsiya bilan uchrashuvda maʼlum qildi. Uning soʻzlariga koʻra, Belarus Germaniya bilan normal munosabatlarni tiklashni istaydi, biroq bunga har qanday narx evaziga erishmoqchi emas.
Sekreta normallashuv Belarusning eng yaqin ittifoqchilari va hamkorlari, avvalo Rossiya va Xitoy bilan aloqalari hisobiga amalga oshmasligi yoki ichki barqarorlikka tahdid solmasligi kerakligini taʼkidladi. Shuningdek, u oʻz bahosiga koʻra, rasmiy Berlin soʻnggi yillarda Germaniyaning Belarusdagi obroʻsini yomonlashtirish uchun koʻp ish qilganini aytdi. Shu bois ishonchni tiklash juda mushkul boʻladi.



