46-hafta · 2026Dushanba, 9-noyabr 2026-yil
Oʻzbekiston

Toshkentda odam oʻgʻirlash ishi boʻyicha ikki erkak ushlandi

Toshkentda odamlarni buyurtma asosida oʻgʻirlashga uringan ikki erkak ushlandi. Ichki ishlar bosh boshqarmasi maʼlumotiga koʻra, jabrlanuvchilardan biri qochib ketgan, ikkinchisi esa oʻgʻirlab ketilishdan qutulgan.

6-noyabr, 15:46По-русски

Read in English

Tezkor-qidiruv faoliyati departamentiga bir erkak murojaat qilib, nomaʼlum shaxslar uni avtomobilda olib ketganini aytdi. U qarshilik koʻrsatib, qochishga muvaffaq boʻlgan.

Tezkor tadbir davomida 23 va 28 yoshli ikki erkak ushlandi. Ularning avtomobili yukxonasidan bolta, Telegramʼdagi yozishmalaridan esa ularni odam oʻgʻirlash uchun yollagan buyurtmachining xabarlari topildi.

Ushlanganlarning soʻzlariga koʻra, ularga murojaat qilgan shaxsni qanday boʻlmasin buyurtmachiga yetkazish topshirilgan. Yozishmalarda yana bir kishini oʻgʻirlash masalasi ham muhokama qilingan: uni kuch ishlatib olib ketish va qarshilik koʻrsatgan taqdirda elektroshoker qoʻllash rejalashtirilgan. Biroq belgilangan kuni u kishi xizmat safariga joʻnab ketgan.

Ushlanganlar oʻzlariga qoʻyilgan ayblovlarni tan oldi. Holat yuzasidan Oʻzbekiston Jinoyat kodeksining odam oʻgʻirlashga oid 137-moddasi 2-qismi «b» va «v» bandlari — oldindan til biriktirgan bir guruh shaxslar tomonidan gʻarazli yoki boshqa past niyatlarda sodir etilgan jinoyat boʻyicha ish qoʻzgʻatildi. Tergov davom etmoqda.

Yana oʻqing