Shveysariya Alisher Usmonovga qarshi sanksiyalarni bekor qildi
Yevropa Ittifoqi qaroridan soʻng Shveysariya Alisher Usmonov va Mixail Fridmanni sanksiyalar roʻyxatidan chiqardi. Oʻzgarishlar 4-noyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 23:00 da kuchga kirdi.

3-noyabr kuni Shveysariyaning Iqtisodiyot, taʼlim va tadqiqotlar vazirligi olti jismoniy shaxs va bitta kompaniyani roʻyxatdan chiqarishni maʼqulladi. Rasmiylar qaror Yevropa Ittifoqining 22-sentabrdagi qaroriga muvofiq qabul qilinganini bildirdi. U 4-noyabr kuni Shveysariya vaqti bilan soat 23:00 da kuchga kirdi.
Roʻyxatdan chiqarilganlar orasida Qrim federal universitetining sobiq rektori Andrey Falaleyev ham bor.
Shu bilan birga, mamlakat Rossiya va Belarusga qarshi Yevropa Ittifoqining 21-sanksiyalar paketiga qoʻshildi. Choralar 254 kishi, kompaniya va tashkilotga nisbatan joriy etildi: ularning aktivlari bloklanadi, iqtisodiy resurslarni esa taqdim etish taqiqlanadi. Jismoniy shaxslar uchun Shveysariyaga kirish va mamlakat hududi orqali tranzit oʻtish ham taqiqlandi.
Rossiyaning 33 ta banki, uchinchi davlatdagi bitta bank, 17 ta moliyaviy tashkilot va kriptovalyuta xizmatlarini koʻrsatuvchi provayderlar bilan operatsiyalar cheklab qoʻyildi. Roʻyxatga, shuningdek, uchinchi davlatlardagi beshta kompaniya, Rossiyadagi toʻrtta aeroport va ikkita port kiritildi.
Rossiyaning “soya floti” bilan bogʻliq 41 ta kemani sotib olish, sotish va ularga xizmat koʻrsatish endi taqiqlanadi. Sektoriy cheklovlar 5-noyabrdan kuchga kiradi.



