46-hafta · 2026Dushanba, 9-noyabr 2026-yil
Oʻzbekiston

Mirziyoyev «kambagʻal oilalar qolmadi» mazmunidagi hisobotlardan voz kechishni talab qildi

Buxoro viloyatida 40 ming nafar ishsiz bor, 270 ming aholining daromadi esa oʻrtacha koʻrsatkichdan ancha past. Prezident aholi daromadlarini oshirish boʻyicha har bir tuman kesimida rejalar ishlab chiqishni topshirdi

5-noyabr, 19:27По-русски

Read in English

t.me — Пресс-служба Президента Республики Узбекистан

Shavkat Mirziyoyev 4 noyabr kuni Buxoro viloyatini rivojlantirish masalalariga bagʻishlangan yigʻilishda kambagʻallikka qarshi kurashda rasmiyatchilikka asoslangan yondashuvni tanqid qildi.

Yigʻilishda keltirilgan maʼlumotlarga koʻra, viloyatning 99 ming aholisi xorijda ishlamoqda. Mehnat migratsiyasidan qaytgan yana 24 ming kishi ishga ega emas. Hududdagi ishsizlarning umumiy soni 40 ming nafarni tashkil etadi.

«Shu paytdan boshlab “kambagʻal oilalar qolmadi” mazmunidagi hisobotlar qabul qilinmaydi», — dedi prezident.

Shuningdek, viloyatdagi 270 ming aholining daromadi oʻrtacha koʻrsatkichdan sezilarli darajada past ekani qayd etildi. Ularning daromadlarini oshirish uchun har bir tuman kesimida rejalar tayyorlash topshirildi. Shuningdek, xorijda kam haq toʻlanadigan ishlarda band boʻlgan migrantlarni kasb-hunarga oʻqitishni tashkil etish vazifasi qoʻyildi.

Yigʻilishda hudud iqtisodiyotini diversifikatsiya qilish zarurati muhokama qilindi. Yalpi hududiy mahsulotning 43 foizi qishloq xoʻjaligi va xomashyo qazib chiqarish hissasiga toʻgʻri keladi, xizmatlar ulushi esa oʻn yil ichida atigi 33 foizdan 36 foizgacha oshgan.

Yana oʻqing