Tramp Kirill Dmitriyev bilan uchrashganini tasdiqladi
Donald Tramp Rossiya prezidenti maxsus vakili Kirill Dmitriyev bilan muzokaralar oʻtkazganini tasdiqladi, biroq Ukraina tomoni vakillari bilan uchrashganini rad etdi.
6-noyabr, 14:09По-русски

6 noyabr kuni Oq uyda jurnalistlarning savollariga javob berar ekan, AQSh prezidenti Kirill Dmitriyev bilan uchrashganini tasdiqladi. Amerika yetakchisi suhbat tafsilotlarini oshkor qilmadi.
Ukraina vakillari bilan aloqalari haqidagi savolga Tramp bunday uchrashuvlar oʻtkazmaganini aytdi.
Oʻsha payshanba kuni Oq uyda AQShning birinchi xonimi Melaniya Tramp tomonidan tashkil etilgan Aleshkidagi gumanitar missiyaga bagʻishlangan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda Rossiyaning inson huquqlari boʻyicha vakili Yana Lantratova va Kirill Dmitriyev ishtirok etdi.



