46-hafta · 2026Dushanba, 9-noyabr 2026-yil
Oʻzbekiston

Qozogʻistonlik yosh futbolchilar Toshkentda shifoxonada davolanganidan soʻng uylariga qaytdi

Zaharlanish alomatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan barcha bolalar ahvoli yaxshilangach, uyiga chiqarildi. Bu haqda Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi xabar berdi.

6-noyabr, 15:24По-русски

Read in English

Toshkentda zaharlanish alomatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan qozogʻistonlik yosh futbolchilar shifoxonadan chiqarilib, vataniga joʻnab ketdi.

Sportchilar futbol turnirida qatnashish uchun oktabr oxirida Qaragʻandadan kelgan edi. Sogʻliqni saqlash vazirligi xabariga koʻra, barcha bolalarning ahvoli yaxshilangan va bu shifoxonadagi davolanishni yakunlash imkonini bergan.

Tibbiy yordam soʻrab ilk murojaatlar 1-noyabr kuni qayd etilgan. Poytaxtdagi mehmonxonalardan birida nonushtadan soʻng 13 kishi qusish, ich ketishi, qorin ogʻrigʻi va tana haroratining koʻtarilishidan shikoyat qilgan. Shunga oʻxshash alomatlari boʻlgan yana yetti bemor 2–3-noyabr kunlari shifoxonaga yotqizilgan.

Jami delegatsiyaning 20 nafar ishtirokchisiga — bolalar va kattalarga — tibbiy yordam kerak boʻlgan. Dastlabki tashxis «oʻtkir diareya» deb belgilangan. Avvalroq olti bola va toʻrt nafar katta davolanishda qolayotgani haqida xabar berilgandi.

Chilonzor tumani prokuraturasi sanitariya qonunchiligi yoki epidemiyalarga qarshi kurashish qoidalarining buzilishi yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatdi.

Yana oʻqing