46-hafta · 2026Dushanba, 9-noyabr 2026-yil
Biznes

Nurafshondagi Kelajak texnologiyalari markazi kompaniyalari IT Park imtiyozlariga ega boʻladi

Nurafshonda Kelajak texnologiyalari markazi tashkil etiladi, uning tizimidagi korxonalar esa IT Park rezidentlari darajasidagi imtiyozlardan foydalanadi.

9-noyabr, 15:08По-русски

Read in English

t.me — Пресс-служба Президента Республики Узбекистан

Markazni tashkil etish haqida prezident Shavkat Mirziyoyev 9-noyabr kuni elektrotexnika sohasi investorlari va tadbirkorlari bilan uchrashuvda maʼlum qildi. Loyiha zamonaviy elektronika, sanoat robototexnikasi va mikroelektronika asosidagi texnologik qurilmalar ishlab chiqarish uchun yagona ekotizimning bir qismiga aylanishi kerak.

Hukumat robotlar, elektron texnika va texnologik qurilmalar ishlab chiqarish uchun zarur materiallar hamda butlovchi qismlarni import bojlaridan ozod etishni rejalashtirmoqda. Yuqori texnologiyalar sohasidagi ilmiy ishlanmalardan olinadigan daromadlar ham soliqqa tortilmaydi.

Prezident sohani rivojlantirish uchun asos sifatida Ohangarondagi Eltech texnoparkida mikroprotsessor modullarini ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilganini keltirdi. Bundan tashqari, Toshkentda koreyalik hamkorlar ishtirokida gumanoid robotlar ishlab chiqaradigan zavod qurilmoqda.

Elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarishga oid alohida loyihalarni bir nechta hududda ishga tushirish topshirildi. Toshkentda serverlar, interaktiv panellar va sensorli datchiklar, Andijonda ofis texnikasi va kabel toʻplamlari, Qashqadaryoda esa televizorlar uchun elektron platalar ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda.

Mirziyoyevning aytishicha, bu tashabbuslar ichki talabning bir qismini qoplab, 5 milliard dollarlik eksport imkoniyatlarini yaratishi kerak. Uchrashuvda qatnashgan 100 dan ortiq mahalliy va 10 nafardan koʻproq xorijiy investorga yangi loyihalarda ishtirok etish taklif qilindi.

Yana oʻqing