46-hafta · 2026Dushanba, 9-noyabr 2026-yil
Oʻzbekiston

Oʻzbekiston bosh konsuli Madina amiri bilan uchrashdi

Jiddadagi Oʻzbekiston bosh konsuli Sirojiddin Shamsutdinov Madina amiri Salmon bin Sulton Al Saud bilan uchrashdi. Tomonlar hamkorlikni kengaytirishni muhokama qildi.

9-noyabr, 19:10По-русски

Muzokaralarda savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va turizm sohalari qamrab olindi. Shuningdek, Madinaga umra va ziyorat uchun boradigan Oʻzbekiston fuqarolari uchun ziyorat turizmi hamda shart-sharoitlar alohida muhokama qilindi.

Saudiya tomoni ikki mamlakat oʻrtasidagi doʻstona munosabatlar rivojlanayotganini taʼkidladi va oʻzbekistonlik tadbirkorlar faoliyatiga ijobiy baho berdi. Ular Madinadagi qurilish loyihalarida ishtirok etmoqda, shuningdek, sanoat va umumiy ovqatlanish sohalarida biznes yuritmoqda.

Uchrashuv ishtirokchilari qoʻshma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini koʻrib chiqdi. Saudiya tomoni hamkorlikni yanada kengaytirishdan manfaatdor ekanini va savdo-iqtisodiy hamda madaniy sohalardagi tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlashga tayyorligini tasdiqladi.

Yana oʻqing