
Oktyabr oxirida Appleʼdan «Kamera» va «Foto» yoʻnalishlari rahbari Jon Makkormak ketdi. U kompaniyada sakkiz yil ishlagan. Yangi vitse-prezident hali tayinlanmadi.

Google Project Genieʼda Genie 4’ga kirishni ochdi: endi AI yaratgan virtual olamlarni tadqiqot paytida oʻzgartirish mumkin. Yangilanish AI Ultra tarifida mavjud.

Tesla bosh direktori Ilon Mask Optimus oldindan dasturlanmasdan vazifa bajaradigan video tayyorlanayotganini aytdi. U qazib olish va rudani qayta ishlashni ehtimoliy qoʻllanishlar qatorida sanadi.

Bentley dizayner Hiroshi Fujiwara bilan hamkorlikda yaratilgan Torcal FRGMT seriyasini taqdim etdi. First Edition bazasidagi seriya 20 ta avtomobil bilan cheklanadi.

Oʻzbekiston Raqamli texnologiyalar vazirligi Hugging Face platformasiga oʻzbek tilidagi matnlarning ochiq korpusini joylashtirdi — 5,6 mln hujjatdan iborat qariyb 6 mlrd soʻz. Toʻplam oʻzbek tilini yaxshiroq tushunadigan va shu tilda kontent yarata oladigan sunʼiy intellekt tizimlarini rivojlantirishga moʻljallangan.

NASA Artemis arxitekturasini oʻzgartirdi: «Orion» Oy kemalari bilan koinotda tutashadi, Artemis III esa bu amaliyotlarni avval Yerga yaqin orbitada sinaydi.