47-hafta · 2026Juma, 20-noyabr 2026-yil
Texnologiyalar

Oʻzbekiston va Kanada raqamli texnologiyalar sohasidagi hamkorlikni kengaytirishni muhokama qildi

Oʻzbekiston va Kanada raqamli texnologiyalar, jumladan, sunʼiy intellektni rivojlantirish, Kanada kompaniyalarini jalb etish va tajriba almashishni muhokama qildi.

19-noyabr, 10:30По-русски

Read in English

gov.uz

Uchrashuvda Oʻzbekistondagi IT kompaniyalari uchun shartlar, soliq imtiyozlari va IT Park rezidentlari uchun imkoniyatlar taqdim etildi. Bunday rezidentlar orasida Kanadadan 11 ta kompaniya bor. Kanada kompaniyalariga mamlakatda mintaqaviy boshqaruv ofislarini ochish va mahalliy mutaxassislar salohiyatidan foydalanish taklif qilindi.

Shuningdek, 5 million kishining sunʼiy intellekt sohasidagi bilim va koʻnikmalarini rivojlantirish tashabbusi, Coursera bilan hamkorlik hamda sunʼiy intellektni taʼlim, sogʻliqni saqlash va qishloq xoʻjaligiga joriy etish masalalari muhokama qilindi. Tomonlar Kanada startap-akseleratorlari, venchur fondlari va texnologik kompaniyalarini jalb etish, oliy taʼlim muassasalari hamkorligi, davlat xizmatchilarining malakasini oshirish va akademik almashinuvlarni ham koʻrib chiqdi. Kanada elchisi Kanada biznesining Oʻzbekistondagi ishtirokini kengaytirish va qoʻshma loyihalarni ilgari surishga koʻmaklashishga tayyorligini bildirdi.