Latviya Rossiya bilan chegarada tanklarga qarshi toʻsiqlar oʻrnatmoqda
Latviya 2027 yil bahorigacha sharqiy chegarasida dastlabki 27 km tanklarga qarshi xandaklarni qurib bitkazishni rejalashtirmoqda.

Ishlar Boltiqboʻyi mudofaa chizigʻini qurish doirasida olib borilmoqda. Latviya jamoat televideniyesi maʼlumotlariga koʻra, dastlabki ikki bosqichda rasmiylar 89 km xandak qazishni rejalashtirgan. Hozircha 4 km xandaq tayyor. Yana 5 km masofaga «ajdarho tishlari» nomi bilan tanilgan beton toʻsiqlar oʻrnatilgan.
Mustahkamlash inshootlari Rossiya va Belarus bilan chegaraning ayrim uchastkalarida barpo etilmoqda. Latviya sharqiy chegarasini mustahkamlash dasturi uchun 2029 yilgacha €303 mln ajratgan.
Latviya, Litva va Estoniya Boltiqboʻyi mudofaa chizigʻini yaratish haqida 2024 yil yanvarida kelishib olgan. Har bir mamlakat oʻz hududidagi ishlarni moliyalashtiradi.




