Olimlar Hayabusa2 uchayotgan obyekt tezlanishini izohlamadi
Yangi tadqiqot 1998 KY26 «qorongʻi kometa» uchun haddan tashqari iliq ekanini koʻrsatdi: tezlanishini muz sublimatsiyasi taʼminlay olmaydi. Mualliflar uni suvsizlangan asteroid deb hisoblaydi.

1998 KY26 tezlanishining hozircha tasdiqlangan izohi yoʻq. Garvard universiteti astronomi Avi Lyob ilgari surgan versiyaga koʻra, bu obyekt qariyb 40 yil avval uchirilgan tashlab ketilgan sovet kosmik apparati boʻlishi mumkin. Anʼanaviyroq gipotezalardan biri «qorongʻi kometa» edi — asteroidga oʻxshash, ammo muz bugʻlanganda gaz otilib chiqishi hisobiga tezlanishi mumkin boʻlgan jism.
Jorjiya Texnologiya Instituti aerokosmik muhandislari Korbin Xansen va Masatoshi Hirabayashi avval olingan maʼlumotlar asosida obyekt haroratini modellashtirdilar. Ularning baholashicha, eng sovuq qismlarning oʻzi ham Farengeyt boʻyicha −77 darajadan yuqori boʻlgan. Bunday sharoitda yerosti muz zaxiralari saqlanib qola olmasdi: obyekt ularni 62 yil ichida tugatgan boʻlardi. Bu esa uning taxmin qilinayotgan milliardlab yillik yoshiga nisbatan juda qisqa muddat.
Tadqiqotchilar 1998 KY26 suvini allaqachon yoʻqotgan va ehtimol suvsizlangan asteroid ekanini hisoblaydi. Tezlanishning mumkin boʻlgan sabablari qatorida ular Quyosh nurlanishi bosimi hamda issiqlik nurlanishi tufayli yuzaga keladigan kuchlarni ham koʻrsatadi. Yaponiyaning Hayabusa2 apparati 2031 yil iyulida obyektga yaqinlashishi kerak, bu esa uni bevosita oʻrganish imkonini beradi.




