YeI «Yunistream»ga qarshi sanksiyalar joriy etdi. Bu Tojikistonga pul oʻtkazmalari uchun nimani anglatadi
Yevropa Ittifoqi Rossiyaning «Yunistream» bankini Rossiya va Tojikiston oʻrtasidagi pul oʻtkazmalarida foydalaniladigan toʻlov tizimiga ega bank sifatida sanksiyalar roʻyxatiga kiritdi. Maqola eʼlon qilingan paytda «Asia-Plus» yangi cheklovlar sabab pul oʻtkazmalari toʻxtatilgani haqida rasman xabar bermagan edi.

Yevropa Ittifoqi Kengashi bankni moliya va energetika sohalaridagi boshqa tashkilotlar qatorida 16 noyabr kuni sanksiyalar roʻyxatiga kiritdi. Qaror asosida «Yunistream» Rossiyadagi transchegaraviy pul oʻtkazmalarining eng yirik operatorlaridan biri ekani hamda Rossiya harbiy xizmatchilariga, jumladan, Ukrainaga qarshi urushda qatnashayotganlarga kredit toʻlovlarini kechiktirish imkonini berishi aytilgan.
Cheklovlar bankning Yevropa Ittifoqi yurisdiksiyasidagi aktivlarini muzlatish, shuningdek, unga mablagʻ va iqtisodiy resurslar taqdim etishni taqiqlashni nazarda tutadi. Tojikiston Milliy banki reyestrida «Yunistream» shu nomdagi toʻlov tizimining operatori sifatida koʻrsatilgan va uning litsenziyasi 2027-yil 22-fevralgacha amal qiladi. Pul oʻtkazmalarining mavjudligi mahalliy hamkor banklarning qarorlariga hamda ular «Yunistream» bilan hisob-kitoblarni davom ettira olish-olmasligiga bogʻliq boʻladi.
Tizim Tojikiston bozorida bir necha yildan beri ishlaydi. 2019-yil dekabrida u Tojikiston Milliy protsessing markaziga ulangan. Tizim orqali pul oʻtkazmalari har ikki yoʻnalishda yuborilgan, jumladan, mehnat migrantlari va ularning oilalari ham undan foydalangan.
AQSh 2023-yil iyulida bankka qarshi bloklovchi sanksiyalar joriy etdi. Oʻsha yil avgust oyi oxirida «Yunistream» Rossiya va Tojikiston oʻrtasida dollar va yevrodagi pul oʻtkazmalarini yuborish va berishni toʻxtatdi. Rublldagi oʻtkazmalar esa oʻshanda davom etgan.
Yana oʻqing

Senatda “Radioaktiv chiqindilar toʻgʻrisida”gi qonun muhokama qilindi
Siyosat12:47
Oʻzbekiston, Qirgʻiziston va Qozogʻiston mavsumiy suv va elektr energiyasi almashinuvini muvofiqlashtiradi
Siyosat10:10

