Ichki ishlar vazirligi akademiyasida jinoyat qonunchiligini takomillashtirish muhokama qilindi
19 noyabr kuni Ichki ishlar vazirligi akademiyasida zamonaviy chaqiriqlar va tahdidlarga javoban jinoyat qonunchiligini takomillashtirishga bagʻishlangan konferensiya boʻlib oʻtdi.

19 noyabr kuni Ichki ishlar vazirligi akademiyasida qonunni qoʻllash amaliyotini tahlil qilish va mavjud muammolarga ilmiy-amaliy yechimlar izlashga bagʻishlangan konferensiya boʻlib oʻtdi.
Tadbirda Odil sudlov akademiyasi, «Ijtimoiy fikr», Jamoat xavfsizligi universiteti, Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, Bojxona instituti va boshqa ixtisoslashgan muassasalar vakillari qatnashdi.
Maʼruzachilar axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlar uchun javobgarlik, kiberxavfsizlik va sunʼiy intellekt davrida raqamli savodxonlik masalalarini koʻrib chiqdi. Shuningdek, kiberjinoyatlarni kvalifikatsiya qilish, sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalanib sodir etilgan jinoyatlarning huquqiy tavsifi hamda tergov sudyasining sud nazoratidagi roli muhokama qilindi.




