Toshkent aeroportida import telefonlarini rasmiylashtirish qayta boshlandi
11 noyabrdan bojxona xizmatlari olib kirilayotgan mobil qurilmalarni yana rasmiylashtirmoqda, vaqtincha olib qoʻyilgan telefonlar esa egalariga qaytarila boshlandi.

Toshkent xalqaro aeroporti orqali olib kirilayotgan mobil qurilmalarni rasmiylashtirish avval vaqtincha toʻxtatilgan edi. Bojxona xizmatlariga IMEI identifikatorlarini tekshirish va telefonlar qonuniy olib kirilganini tasdiqlash tartibini aniqlashtirish kerak boʻlgan.
Bojxona qoʻmitasi rasmiylashtirishning toʻxtatilishini IMEI-kodlari qalbakilashtirilgan qurilmalarni noqonuniy olib kirish holatlari koʻpaygani, shuningdek, ayrim telefonlarning identifikatorlaridan boshqa telefonlarni qonuniylashtirish uchun foydalanilayotgani bilan izohlagan.
Tanaffus paytida vaqtincha olib qoʻyilgan qurilmalar tegishli dalolatnomalar asosida roʻyxatga olingan. Idora bojxona tartib-taomillari qayta boshlanganidan keyin telefonlar egalariga qaytarilishini bildirgan edi. Endi ularni egalariga qaytarish boshlandi.




