FIFA rahbari Tramp bilan aloqalari sabab AQSh Kongressiga chaqirilishi mumkin
FIFA prezidenti Janni Infantino 2027 yil yanvaridayoq guvohlik berish uchun chaqiruv olishi mumkin, deb xabar berdi The Telegraph. Kongress aʼzolari futbol federatsiyasining Donald Tramp, uning maʼmuriyati va oilasi bilan aloqalarini oʻrganmoqda.

Iyul oyida demokrat Jeymi Raskin FIFAʼdan Tramp va uning atrofidagilar bilan aloqalariga oid hujjatlarni, shuningdek, ehtimoliy toʻlovlar va sovgʻalar haqidagi maʼlumotlarni soʻradi. Demokratlar oraliq saylovlarda gʻalaba qozonganidan soʻng, Raskin Vakillar palatasining Huquqiy qoʻmitasiga rahbarlik qilishi kutilmoqda. Bu unga Infantinoni guvohlik berish uchun kelishga majburlash imkonini berishi mumkin. Hozircha chaqiruv berilgani haqida xabar qilinmagan.
Masalalardan biri Infantinoning Mayamidagi uy xizmatchisi uchun ishlash ruxsatnomasiga taalluqli. Nashr maʼlumotiga koʻra, u maslahatchisi Karlos Kordeirodan ruxsatnomani rasmiylashtirishda yordam berishni soʻragan, ayolga toʻlovlar esa FIFA Americas orqali amalga oshirilgan. FIFA qoidabuzarlik boʻlganini rad etmoqda.
Kongress aʼzolarini jahon chempionatining tijoriy huquqlaridagi ulushni xususiy investorlarga sotish loyihasi ham qiziqtirmoqda. Yetakchi investor Joshua Kushner asos solgan Thrive Eternal boʻlishi kerak edi. Joshua Kushner Trampning kuyovi Jared Kushnerning akasi. The Telegraph maʼlumotiga koʻra, ikkala aka-uka ham guvohlik berish uchun chaqirilishi mumkin. FIFA prezidentining navbatdagi saylovi 2027 yil mart oyiga rejalashtirilgan.
Yana oʻqing

Senatda “Radioaktiv chiqindilar toʻgʻrisida”gi qonun muhokama qilindi
Siyosat12:47
Oʻzbekiston, Qirgʻiziston va Qozogʻiston mavsumiy suv va elektr energiyasi almashinuvini muvofiqlashtiradi
Siyosat10:10

