2014-yildan beri qidiruvda boʻlgan shaxs AQShdan Oʻzbekistonga qaytarildi
2014-yildan beri davlat chegarasini noqonuniy kesib oʻtganlikda ayblanib qidiruvda boʻlgan Oʻzbekiston fuqarosi AQShdan ekstraditsiya qilinib, Jizzax prokuraturasiga topshirildi.
11-noyabr, 17:40По-русски

Gap 1978-yilda tugʻilgan Yu. N. ismli fuqaro haqida bormoqda. U Oʻzbekiston Jinoyat kodeksining 223-moddasi 2-qismi «g» bandida nazarda tutilgan jinoyatda ayblanib qidirilgan.
Tezkor-qidiruv tadbirlari davomida erkak AQShda qoʻlga olindi va Oʻzbekistonga qaytarildi. Mamlakatga kelganidan soʻng u Jizzax shahar prokuraturasiga topshirildi.
Viloyat IIBda boshqa qidiruvdagi shaxslarning joylashuvini aniqlash va ularni mamlakatga qaytarish ishlari davom etayotganini maʼlum qilishdi.




