Oʻzbekiston terma jamoasi Saudiya Arabistonini oʻrtoqlik uchrashuvida yutdi
Oʻzbekiston Dohadagi xalqaro oʻrtoqlik uchrashuvida Saudiya Arabistonini 2:1 hisobida magʻlub etdi. Gʻoliblarning ikkala golini ham Sherzod Esanov urdi.

Fabio Kannavaro boshchiligidagi jamoa «Jassim bin Hamad» stadionida gʻalaba qozondi. Esanov 19-daqiqada raqib darvozabonining toʻp uzatishdagi xatosidan keyin hisobni ochdi.
Firas Al-Buraykan 23-daqiqada oʻng qanotdan uzatilgan toʻpni bosh bilan darvozaga yoʻllab, hisobni tenglashtirdi. Tanaffusgacha Esanov dubl qayd etdi: u standart vaziyat ijrosi va Behruz Karimovning uzatmasidan keyin yaqin masofadan aniq zarba berdi.
50-daqiqada Ali Lajami Abbos Fayzullayevga qarshi qoida buzganidan soʻng toʻgʻridan-toʻgʻri qizil kartochka oldi. Chetlatishdan keyin Saudiya Arabistoni kamchilikda qoldi, Oʻzbekiston esa tashabbusni qoʻlga oldi. Husayn Norchayevda ikkita imkoniyat boʻldi, ammo har ikki vaziyatda darvozabon Abdulqoddis Atiya jamoasini qutqardi. Uchrashuv oxirigacha hisob oʻzgarmadi.




