Google AI-agentlarni sinash uchun Chromeʼning «oyna interneti»ni yaratdi
Chrome jamoasi AI-agentlarni oʻqitish va ularni hujumlardan himoyalashni tekshirish uchun ochiq internetni taqlid qiluvchi izolyatsiyalangan veb-muhit yaratdi.

«Oyna olami» real saytlar namunasida yaratilgan ijtimoiy tarmoqlar, doʻkonlar va bank panellarini oʻz ichiga oladi. Agentlar Chromeʼda odatiy vazifalarni bajarib, koʻrsatmalarni kiritish orqali uyushtirilgan yashirin hujumlarga duch keladi. Bu tayyor boʻlmagan tizimlarni ochiq internetga chiqarmasdan, ularni realistik muhitda sinash imkonini beradi. Cheklangan simulyatsiyalarda modellar sinovdan oʻtkazilayotganini anglab, xatti-harakatini oʻzgartirishi mumkin.
Muhit maxsus AI-vositalari va agentlari yordamida tezda toʻldirildi: ular saytlar, ilovalar va maʼlumotlar oqimlarini, jumladan doʻkonlardagi promo-kodlar hamda ijtimoiy tarmoqlardagi postlarni yaratdi. Sinovdan oʻtayotgan tizimlar haqiqiy Chromeʼda ishlashi uchun tadqiqotchilar brauzerning himoya mexanizmlarini chetlab oʻtishi va soxta sertifikatlar yaratishiga toʻgʻri keldi. Googleʼning taʼkidlashicha, bunga faqat sinov tarmogʻi ustidan toʻliq nazorat mavjud boʻlgani tufayli erishilgan va bu oddiy foydalanuvchilarga tahdid solmaydi.
Hozircha sinovdan oʻtkazilayotgan agentlar kiberimkoniyatlarga ega emas. Google «oyna olami»ni boshqa jamoalari uchun ham ochishni hamda modellar rivojlanishi bilan uni yanada realistik qilishni rejalashtirmoqda.




