Eron AQShni yangi hujum yuz bergan taqdirda keng koʻlamli javob bilan ogohlantirdi
Eron parlament qoʻmitasi vakili Hasan Gʻashqaviy Tehronning har qanday yangi hujumga javobi cheklangan yoki qisqa muddatli boʻlmasligini aytdi.

Gʻashqaviy Eron mudofaa va hujum salohiyatini rivojlantirishda sezilarli yutuqlarga erishgani hamda dushmanni tiyib turishning muayyan darajasiga yetganini taʼkidladi. Uning soʻzlariga koʻra, hatto qisqa muddatli hujum ham bir necha kun bilan cheklanmaydigan javob choralariga olib keladi.
Gʻashqaviyning soʻzlariga koʻra, Eron dushmanlariga oʻz hududidan foydalanishga imkon beradigan davlatlar tovon toʻlashiga toʻgʻri keladi.
Avvalroq AQSh razvedkasi Eron 1 500–2 500 ta ballistik raketadan iborat arsen**alga ega boʻlishi mumkinligini taxmin qilgandi. Taxminlarga koʻra, Tehron qarama-qarshilik qayta boshlangan taqdirda ulardan Yaqin Sharqdagi AQSh harbiy obyektlariga zarba berish uchun foydalanishi mumkin. Eron harbiy arsenali qayta tiklanishini kuzatishdagi qiyinchiliklar sababli bu baho taxminiy hisoblanadi.
Yana oʻqing

Senatda “Radioaktiv chiqindilar toʻgʻrisida”gi qonun muhokama qilindi
Siyosat12:47
Oʻzbekiston, Qirgʻiziston va Qozogʻiston mavsumiy suv va elektr energiyasi almashinuvini muvofiqlashtiradi
Siyosat10:10

