
Sobiq taʼminot zanjiri mutaxassisi Shon Ouen SpaceXʼdan ketib, mogʻor bartaraf etish biznesiga oʻtdi. Uning aytishicha, biznes avvalgi maoshidan koʻproq daromad va erkinlik beradi.

Tojikiston va Eron tomchilatib sugʻorishni va boshqa suvni tejovchi texnologiyalarni joriy etish, shuningdek, ekologiya va iqlimga moslashuv tajribasini almashishni muhokama qildi.

2026 yil yanvar–oktabrida Oʻzbekiston banklari 23,6 trln soʻmlik 75,8 mingta ipoteka krediti berdi — bu bir yil avvalgidan 39,5 foiz koʻp.

Oʻzbekiston va Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi savdo-iqtisodiy hamkorlikning navbatdagi bosqichini — 2027–2030 yillarga moʻljallangan qoʻshma rejani muhokama qilmoqda. Toshkentda boʻlib oʻtgan ishchi guruh yigʻilishida tomonlar tranzitni soddalashtirish, bojxona tartib-taomillarini raqamlashtirish va biznes xarajatlarini kamaytirish masalalarini koʻrib chiqdi.

Forumda Oʻzbekiston va Osiyo taraqqiyot banki chegara punktlarini modernizatsiya qilish, mintaqaviy targʻibot va 2027–2029-yillarga moʻljallangan loyihalarni tayyorlashni muhokama qildi.

Xalqaro energetika agentligi dunyoda binolarni sovitishga talab ilk bor isitishga talabdan oshganini bildirdi. Oʻsish jazirama va daromadlar ortishi bilan bogʻlanmoqda.