47-hafta · 2026Juma, 20-noyabr 2026-yil
Iqtisodiyot

Toshkentda Quvayt kompaniyalari va oʻzbek biznesi uchun forum oʻtkaziladi

30 noyabrdan 4 dekabrgacha Toshkentda Quvayt kompaniyalari bilan oʻzbek ishlab chiqaruvchilari, eksportchilari va investorlari oʻrtasida bevosita aloqalar uchun xalqaro biznes-forum rejalashtirilgan.

10-noyabr, 17:47По-русски

Read in English

arabtimesonline.com

«Yangi Oʻzbekiston: global bozorlar chorrahasida» forumini Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi tashkil etadi. Uning biznes dasturi «Oʻzekspomarkaz» koʻrgazma majmuasida oʻtkaziladi va savdo, investitsiyalar, sanoat, qishloq xoʻjaligi, logistika, energetika, raqamlashtirish hamda kadrlar tayyorlash yoʻnalishlarini qamrab oladi.

Ishtirokchilar uchun B2B va B2G formatlarida maqsadli uchrashuvlar, sanoat obyektlariga tashrif buyurish hamda «Made in Uzbekistan» milliy koʻrgazmasi ekspozitsiyasi bilan tanishish koʻzda tutilgan. Tashkilotchilar, shuningdek, Quvaytning rekruting kompaniyalari va ish beruvchilari bilan uyushgan mehnat migratsiyasi kanallarini rivojlantirish, malakalarni oʻzaro tan olish, shuningdek, mutaxassislarni kasbiy va til boʻyicha tayyorlash masalalarini muhokama qilishni rejalashtirmoqda.

Biznes dasturi ikki bosqichga boʻlingan. Quvayt delegatsiyasi uchun viza masalalarida koʻmak, transfer va besh tilga sinxron tarjimani oʻz ichiga olgan logistika yordami koʻrsatilishi koʻzda tutilgan.