47-hafta · 2026Juma, 20-noyabr 2026-yil
Jamiyat

Oʻzbekiston va Qozogʻiston saygʻoq populyatsiyasini asrashga kelishib oldi

Oʻzbekiston va Qozogʻiston saygʻoqni asrash boʻyicha memorandum imzoladi. Tomonlar populyatsiyani kuzatish, yashash muhitini himoya qilish va brakonerlikka qarshi kurashishga kelishdi.

12-noyabr, 20:22По-русски

Hujjatni Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi raisi A. Abduhakimov hamda Qozogʻiston Respublikasi Ekologiya va tabiiy resurslar vaziri A. Kuantyrov imzoladi.

Hamkorlik saygʻoqlarning soni va migratsiyasini kuzatish, ilmiy-texnik axborot almashish, tadqiqot loyihalarini amalga oshirish, shuningdek, brakonerlik va noqonuniy savdoga qarshi choralarni kuchaytirishni oʻz ichiga oladi. Mamlakatlar turning tabiiy yashash muhitini asrash va tiklash, transchegaraviy qoʻriqlanadigan hududlar hamda migratsiya yoʻlaklarini rivojlantirish, shuningdek, tabiiy yaylovlar va suv havzalarini tiklash ustida ham ishlaydi.

Memorandum saygʻoqni uning ilgari yashagan hududlariga qayta kiritish dasturlarini ishlab chiqish, dala tadqiqotlarini oʻtkazish, populyatsiyalar holatini monitoring qilish va oʻquv tadbirlarini tashkil etishni nazarda tutadi. Xabarda qayd etilishicha, erishilgan kelishuvlar ikki mamlakatning ilmiy va amaliy salohiyatini birlashtirish hamda tabiatni muhofaza qilish choralarini muvofiqlashtirishni yaxshilash imkonini beradi.