Al Pachino «Billi Nayt» treylerida boshlovchi rejissyorga ustoz boʻladi
Fantastik drama treylerida Al Pachino talaba Aleks tanishadigan taniqli rejissyor rolida. Film AQShda 2027-yil 8-yanvarda chiqadi.

«Billi Nayt» treyleri 2026-yil 17-noyabrda taqdim etildi. Rejissyorlik debyutini qilayotgan Alek Griffin Rot filmida bosh rollarni Charli Hiton, Diana Silvers va Al Pachino ijro etgan.
Syujetga koʻra, kino sanʼati talabalari Aleks va Emili oʻz ijodiy yoʻlini topishga urinadi. Otasi vafot etgach, Aleks tugallanmagan ssenariylar solingan quti va «Billi Nayt» nomi yozilgan roʻmolchani topadi. Bu uni Gollivudga olib boradi va u yerda Aleks taniqli rejissyor bilan uchrashadi.
Filmning jahon premyerasi 2025-yilda kinofestivallarda boʻlib oʻtdi. «Billi Nayt» 2027-yil 8-yanvarda AQShda keng prokatga chiqadi, 23-fevralda esa onlayn kinoteatrlarda paydo boʻladi.
Yana oʻqing

GTA VI relizdan keyingi ilk sutkada 1,84 mlrd dollar daromad keltirdi
Madaniyat19-noyabr, 19:04
Iordaniyada Oʻzbekiston prezidenti kitobining arabcha taqdimoti boʻlib oʻtdi
Madaniyat19-noyabr, 15:57

