Oʻzbekiston IIV ommaviy tadbirlar tashkilotchilaridan qoʻriqlash uchun haq undirishni taklif qildi
Oʻzbekistonda 100 yoki undan ortiq kishi qatnashadigan konsertlar, sport musobaqalari va boshqa ommaviy tadbirlarni qoʻriqlash uchun haq belgilash taklif qilinmoqda. IIV loyihasiga koʻra, bir xodimning bir soatlik mehnati tashkilotchilarga 30 800 soʻmga tushadi.

Tashkilotchilar tadbir boshlanishidan kamida 10 ish kuni oldin Milliy gvardiya yoki ichki ishlar organlari bilan shartnoma tuzishi kerak boʻladi. Tadbir toifasiga qarab, qoʻriqlashni ushbu idoralardan biri taʼminlaydi. Ishga qutqaruvchilar va tibbiy xizmatlar ham jalb etilishi mumkin.
Tarifni bir xodimning bir soatlik mehnati uchun bazaviy hisoblash miqdorining 7 foizi darajasida belgilash taklif qilinmoqda. Yakuniy narx jalb etilgan xodimlar soni va tadbir davomiyligiga bogʻliq boʻladi. Alohida toifadagi tadbirlar, saylovoldi uchrashuvlari va koʻchma sirklarning tomoshalarini qoʻriqlashni bepul qoldirish taklif etilmoqda.
IIV ruxsatnomalarni elektron shaklda berishni ham taklif qilmoqda. Tadbirni reklama qilish va chiptalarni sotish ruxsatnoma olinganidan keyin mumkin boʻladi. Qalbaki chiptalarga va chiptalarni oshirilgan narxlarda qayta sotishga qarshi kurashish uchun chiptalarni elektron shaklga oʻtkazish rejalashtirilmoqda. Tashrif buyuruvchilarni hisoblash va tiqilinchlarning oldini olish uchun dronlardan foydalanish taklif qilinmoqda.
Loyiha toʻylar, oilaviy tantanalar, mitinglar, yurishlar va namoyishlarni ushbu qoidalar doirasidan chiqaradi. Hujjat 20 noyabrgacha jamoatchilik muhokamasidan oʻtadi.
Yana oʻqing

GTA VI relizdan keyingi ilk sutkada 1,84 mlrd dollar daromad keltirdi
Madaniyat19-noyabr, 19:04
Iordaniyada Oʻzbekiston prezidenti kitobining arabcha taqdimoti boʻlib oʻtdi
Madaniyat19-noyabr, 15:57

