47-hafta · 2026Juma, 20-noyabr 2026-yil
Sport

Angliya Ispaniya bilan oʻyindan soʻng rekord oʻrnatdi. Tarixida bunday boʻlmagan

Angliya Madridda Ispaniyani 3:2 hisobida yengib, barcha turnirlarda safardagi ketma-ket 10-gʻalabasini qoʻlga kiritdi.

17-noyabr, 11:55По-русски

Read in English

championat.com

Angliya terma jamoasi 2026/2027 yilgi UEFA Millatlar ligasi guruh bosqichining oltinchi turida Ispaniyani magʻlub etdi. «Riyad Air Metropolitano» stadionida oʻtgan uchrashuv 3:2 hisobida yakunlandi.

Opta Sport maʼlumotlariga koʻra, Angliya terma jamoasi oʻz tarixida ilk bor barcha turnirlarda safardagi 10 ta uchrashuvni ketma-ket yutdi.

Har ikki terma jamoa 15 ochkodan toʻplab, Millatlar ligasi chorak finaliga chiqdi. Angliya toʻplar nisbati yaxshiroq boʻlgani uchun guruhda birinchi oʻrinni egalladi, Ispaniya esa ikkinchi boʻldi.