Endi Tim Kuniskis AQShda Stellantisning barcha savdolarini boshqaradi
Stellantis SRT rahbari Tim Kuniskisni Shimoliy Amerikadagi tijoriy faoliyat direktori etib tayinladi. U AQShdagi chakana va korporativ savdolarga javob beradi.

Yangi lavozimida Kuniskis Stellantis North America bosh direktori Pablo Di Siga boʻysunadi va ayni paytda SRTdagi amaldagi vazifalarini ham saqlab qoladi. Uning masʼuliyatiga xususiy mijozlar va korporativ avtoparklarga avtomobil sotish kiradi.
Kompaniyaning AQShdagi boʻlinmasida brendlar rahbariyati ham oʻzgardi. Bob Broderdorf shaxsiy taʼtilidan qaytgach, Dodgeʼga rahbarlik qiladi. U avval Jeepʼni boshqargan, endi esa bu brendga Branden Kote rahbarlik qiladi. Mett Makalir faqat Chrysler bilan shugʻullanadi. Ikki rahbar ham Kuniskisga boʻysunishda davom etadi.
Kompaniya bayonotida Kuniskis Broderdorfning sogʻligʻi bilan bogʻliq muammolardan soʻng qaytganini yaxshi yangilik deb atadi. Shuningdek, u Chryslerʼga butun eʼtiborini brendga qaratadigan rahbar zarurligini aytdi. Uning soʻzlariga koʻra, Chrysler bitta modeldan toʻlaqonli model qatoriga oʻtishga tayyorlanmoqda.
Kuniskis 30 yildan ortiq ishlaganidan soʻng 2024 yilda Stellantisni tark etgan. Oradan bir yil ham oʻtmay, u Ram pikaplari qatoriga Hemi V8 benzin dvigatelini qaytarishda ishtirok etish uchun kompaniyaga qaytdi.




