47-hafta · 2026Juma, 20-noyabr 2026-yil
Siyosat

Toqayev Falastin prezidentiga telegramma yubordi

Qozogʻiston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev Falastin prezidenti Mahmud Abbos va falastinliklarni Mustaqillik kuni bilan tabriklab, mamlakatga tinchlik va taraqqiyot tiladi.

16-noyabr, 11:15По-русски

Read in English

tribuna.kz

Telegrammada Toqayev Abbosning tinchlik va barqarorlikka sodiqligi Falastin xalqining birdamligini saqlash, suverenitetni mustahkamlash hamda mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini qoʻllab-quvvatlashga yordam berishiga ishonch bildirdi. Uning fikricha, bu Qozogʻiston va Falastin oʻrtasidagi munosabatlarni rivojlantirishga ham xizmat qiladi.

Toqayev Abbosga siyosiy faoliyatida muvaffaqiyatlar, Falastin xalqiga esa farovonlik va ravnaq tiladi.

Avvalroq prezidentlar telefon orqali ikki tomonlama aloqalarni yanada rivojlantirish, siyosiy muloqotni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy hamda madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytirishni muhokama qilgan edi. Shuningdek, ular xalqaro kun tartibi, jumladan, Yaqin Sharqdagi vaziyat yuzasidan fikr almashdilar.

Qozogʻiston yetakchisi «ikki xalq uchun ikki davlat» formulasi asosida mintaqada mustahkam tinchlik va barqarorlikni imkon qadar tezroq oʻrnatishga qaratilgan xalqaro saʼy-harakatlarni qoʻllab-quvvatlashini bildirdi.