47-hafta · 2026Juma, 20-noyabr 2026-yil
Sport

Argentinada 18 yoshli futbolchi boshiga toʻp tegishi oqibatida vafot etdi

18 yoshli argentinalik futbolchi Abel Nunes yoshlar jamoalari oʻrtasidagi oʻyinda boshiga kuchli zarba bilan toʻp tegishi oqibatida hushini yoʻqotdi va keyinroq shifoxonada vafot etdi.

18-noyabr, 19:04По-русски

Read in English

sports.ru

“Eseyisa” va “Deportivo Munis” jamoalari oʻrtasidagi uchrashuv AFA Juveniles C turniri doirasida oʻtkazildi. Toʻp tekkanidan soʻng Nunes hushini yoʻqotdi, unga maydonda birinchi yordam koʻrsatilib, shifoxonaga olib borildi. Uchrashuv toʻxtatildi, oltinchi divizionning navbatdagi oʻyini esa bekor qilindi.

Shifoxonada futbolchi operatsiya qilindi, biroq uning ahvoli yaxshilanmadi. Yakshanba kuni “Eseyisa” u ogʻir bosh miya jarohati oqibatida vafot etganini maʼlum qildi. Nunes “Nueva Estrella” rezerv jamoasida futzal ham oʻynagan, klub esa oʻz uchrashuvini bekor qildi.