Toshkent viloyatida filtrsiz koʻmir briketlari ishlab chiqarish toʻxtatildi
Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tumanida pista poʻchogʻidan koʻmir briketlari ishlab chiqarish toʻxtatildi. Uskuna qoidabuzarliklar bartaraf etilmaguncha ishga tushirilmaydi.

Ishlab chiqarishni ekopulitsiya xodimlari «Yashnobod» mahallasidagi reyd vaqtida aniqladi. Ikki nafar aholi davlat ekologik ekspertizasi xulosasisiz va filtrlar oʻrnatmasdan ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻygan. Shu sababli atmosfera havosi ifloslangan.
Tashkilotchilarga nisbatan maʼmuriy bayonnomalar tuzilib, tushuntirish ishlari olib borildi. Uskuna qoidabuzarliklar toʻliq bartaraf etilguniga qadar toʻxtatildi.
Avvalroq Bekoboddagi sanoat korxonasida yoʻl qoʻyiladigan chiqindilar miqdori bir necha bor oshib ketgani aniqlangan edi. Elektr poʻlat eritish boʻlinmasida oltingugurt dioksidi miqdori meʼyordan 1 533 baravar yuqori boʻlgan.




