Ispaniya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Mata 38 yoshida faoliyatini yakunladi
Ispaniya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Xuan Mata 38 yoshida futbolchilik faoliyatini yakunlaganini maʼlum qildi. U milliy jamoa safida 41 ta uchrashuv oʻtkazgan.

U 2010 yilgi jahon chempionatida gʻolib chiqqan Ispaniya terma jamoasi tarkibida boʻlgan, ikki yil oʻtib esa jamoaga Yevropa chempionligini qoʻlga kiritishda yordam bergan. Italiyaga qarshi finalda Mata ispanlar urgan toʻrtta goldan biriga mualliflik qilgan.
Futbolchi faoliyatini «Real» akademiyasida boshlagan, 2007 yilda esa «Valensiya»ga oʻtgan. 2011 yil avgustida u «Chelsi» futbolchisiga aylandi va jamoa bilan Chempionlar ligasi, Yevropa ligasi hamda Angliya kubogida gʻalaba qozondi.
2014 yil yanvarida Mata «Manchester Yunayted» safiga qoʻshildi. Klub tarkibida u Yevropa ligasi, Angliya kubogi va Liga kubogini qoʻlga kiritdi, 2022 yilda esa jamoani tark etdi.
Shundan soʻng ispaniyalik futbolchi Turkiyaning «Galatasaroy» va Yaponiyaning «Vissel Kobe» klublarida toʻp tepdi. Keyinroq u Avstraliyaning «Vestern Sidney Uonderers» va «Melburn Viktoriy» jamoalarida oʻynadi. «Men professional tarzda oʻynashni toʻxtatishim mumkin, ammo hech qachon futbolchi boʻlishdan toʻxtamayman», — dedi Mata.




