Namangan aeroporti ikki xalqaro reysni qabul qila olmadi
Tuman sabab Namanganga yoʻl olgan ikki reys Fargʻona aeroportiga yoʻnaltirildi. Uchish-qoʻnish yoʻlagida koʻrish 50 metrgacha pasaydi.
18-noyabr, 12:04По-русски

Namanganda xalqaro yoʻlovchi reyslarining ikki ekipaji noqulay ob-havo sabab Fargʻonadagi zaxira aerodromiga yoʻnaltirishga qaror qildi. Bu haqda «Toshkent osmoni yangiliklari» kanali xabar berdi.
Uzbekistan Airways aviakompaniyasining HY9810 reysi Omskdan, Qanot Sharq aviakompaniyasining HH744 reysi esa Sankt-Peterburgdan uchib kelayotgan edi. Har ikkala samolyot ham Fargʻona xalqaro aeroportiga yoʻnaltirildi.
Kanal maʼlumotiga koʻra, Namangan aeroportida tuman sabab reyslarni qabul qilish bilan bogʻliq muammolar ketma-ket uchinchi kundir kuzatilmoqda. Uchish-qoʻnish yoʻlagida koʻrish 50 metrgacha pasaygan.




