47-hafta · 2026Juma, 20-noyabr 2026-yil
Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston va Turkiya kengashining ilk yigʻilishida qatnashadi

19 noyabr kuni Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev biznesni qoʻllab-quvvatlash kengashining ilk yigʻilishida qatnashadi. Undan avval Turkiya vitse-prezidenti Jevdet Yilmaz bilan uchrashadi.

19-noyabr, 16:03По-русски

Read in English

Yigʻilish Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida boʻlib oʻtadi. Unda Oʻzbekiston va Turkiyaning davlat organlari vakillari, kompaniyalari, investorlari hamda ishbilarmon doiralari ishtirok etadi.

Kengash 2026-yil oktabrida taʼsis etilgan. Kelishuv 29 oktabr kuni Anqarada Shavkat Mirziyoyev va Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻon tomonidan imzolangan. Tuzilmaning Turkiya tomonidan hamraisi Jevdet Yilmaz boʻldi.

Ishtirokchilar infratuzilma va shaharsozlik, energetika, kimyo sanoati, ishlab chiqarish, oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash, ijtimoiy soha hamda davlat-xususiy sheriklikni muhokama qiladi. Kun tartibidan savdoni kengaytirish, investitsiyalarni jalb etish, sanoat kooperatsiyasi va qoʻshma loyihalar ham oʻrin olgan.