«Real» Pazni 2027-yil yozida «Como»dan 80 mln yevroga qaytarishi mumkin
COPE maʼlumotiga koʻra, «Real» 22 yoshli yarim himoyachi Pazni 2027-yil yozida 80 mln yevroga qayta sotib olish opsiyasini faollashtirishni koʻrib chiqmoqda.
20-noyabr, 11:07По-русски

sports.ru
Jurnalist Melchor Ruizning taʼkidlashicha, Madrid klubi Pazni qaytarishga qatʼiy bel bogʻlagan. Avvalroq «Como» yarim himoyachini «Real»dan 60 mln yevroga sotib olgan, bungacha esa futbolchi uchun 6 mln yevro toʻlagan.
Bu mavsumda Paz A Seriyasi va Chempionlar ligasida 14 ta oʻyin oʻtkazib, 6 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.




