47-hafta · 2026Juma, 20-noyabr 2026-yil
Siyosat

Oʻzbekiston va Janubiy Koreya parlamentlararo hamkorlikni kuchaytiradi

Oʻzbekiston va Janubiy Koreya parlamentlararo aloqalar hamda iqtisodiyot, texnologiyalar, taʼlim, sogʻliqni saqlash va madaniyatdagi hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldi.

11-noyabr, 18:39По-русски

Read in English

Bu kelishuv Senat raisi Tanzila Narbayeva bilan Koreya Respublikasi Milliy assambleyasi spikeri Cho Jong Sik uchrashuvida erishildi. Muzokaralar Oʻzbekiston parlament delegatsiyasining tashrifi chogʻida Seulda boʻlib oʻtdi.

Ishtirokchilar soʻnggi yillarda ikki mamlakat parlamentlari oʻrtasidagi aloqalar faollashgani, delegatsiyalarning oʻzaro tashriflari esa muntazam tus olganini taʼkidladi. Markaziy Osiyo mamlakatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining Toshkentda 2025-yil dekabrida boʻlib oʻtgan uchinchi yigʻilishi mintaqaviy muloqot maydonlaridan biri sifatida qayd etildi.

Kelgusi uchrashuvlarda davlat rahbarlari darajasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish mexanizmlarini muhokama qilish taklif etildi. Bundan tashqari, tomonlar mahalliy Kengashlar deputatlarini parlamentlararo hamkorlik guruhlari ishiga jalb etish tashabbusini qoʻllab-quvvatladi.

Muzokaralar kun tartibidan, shuningdek, sunʼiy intellekt, muhim minerallar, raqamli iqtisodiyot va ilgʻor texnologiyalar oʻrin oldi. Taʼlim va sogʻliqni saqlash sohalaridagi hamkorlik, shuningdek, madaniy va gumanitar almashinuvlar ham alohida muhokama qilindi.