Tayger Vuds 2024-yildan beri ilk bor PGA turi musobaqasida qatnashishni rejalashtirmoqda
Afsonaviy amerikalik golfchi Tayger Vuds Bagama orollarida 3–6 dekabr kunlari boʻlib oʻtadigan Hero World Challenge turnirida qatnashmoqchi. Bu haqda Bleacher Report yozdi.
18-noyabr, 11:00По-русски

championat.com
Nashr maʼlumotiga koʻra, 50 yoshli sportchi musobaqada startga chiqadigan 20 nafar golfchi qatoridan joy olgan. Vuds uchun 72 teshikli formatdagi PGA turining soʻnggi turniri 2024-yilgi Buyuk Britaniya ochiq chempionati boʻlib qolmoqda.
2026-yil 27-mart kuni Vuds avtomobilni mast holda boshqarganlikda gumon qilinib, hibsga olingan. Uning yoʻltanlamasi yuk mashinasining tirkamasiga tegib, yonboshlab agʻdarilgan, golfchi esa test topshirishdan bosh tortgan. Keyinchalik sud Vudsni aybdor deb topib, besh yil muddatga haydovchilik huquqidan mahrum qilgan.




