Tojikiston va Rossiya Sangtuda GES-1 faoliyatini muhokama qildi
Energetika vazirlari Daler Juma va Sergey Tsivilyov Moskvada Sangtuda GES-1ning holati hamda ikki davlatning kelgusidagi hamkorligini muhokama qildi.

Tojikiston va Rossiya 12 noyabr kuni Moskvada energetika sohasidagi ikki tomonlama hamkorlik masalalarini koʻrib chiqdi. Uchrashuv Jumaning Rossiya poytaxtiga ishchi tashrifi chogʻida boʻlib oʻtdi.
Tomonlar Sangtuda GES-1ning barqaror ishlashi, stansiyaning texnik holati, uskunalardan foydalanish va ularga xizmat koʻrsatish masalalarini muhokama qildi. Vazirlar, shuningdek, joriy ishlab chiqarish va tashkiliy masalalarni hal etishda loyiha ishtirokchilari faoliyatini muvofiqlashtirish masalasini koʻrib chiqdi.
Uchrashuv yakunida tomonlar energetikaning ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha hamkorlikni davom ettirish va sheriklik aloqalarini mustahkamlashga tayyor ekanini bildirdi.
Yana oʻqing

Senatda “Radioaktiv chiqindilar toʻgʻrisida”gi qonun muhokama qilindi
Siyosat12:47
Oʻzbekiston, Qirgʻiziston va Qozogʻiston mavsumiy suv va elektr energiyasi almashinuvini muvofiqlashtiradi
Siyosat10:10

