47-hafta · 2026Juma, 20-noyabr 2026-yil
Iqtisodiyot

Nvidia rahbari Jensen Huangning boyligi $158,7 mlrd deb baholandi

Nvidia bosh direktori Jensen Huangning boyligi kompaniya kapitallashuvi bilan birga oshib, taxminan $158,7 mlrdga yetdi. Forbes uni 2024-yilda ilk bor eng boylar oʻntaligiga kiritdi.

10-noyabr, 18:47По-русски

Read in English

businessinsider.com

Huang Nvidiaʼning eng yirik yakka tartibdagi aksiyadori: kompaniya aksiyalarining qariyb 3,77 foizi unga tegishli. Tadbirkorning boyligi chiplar ishlab chiqaruvchi kompaniyaning oʻsishi va sunʼiy intellekt texnologiyalariga talab oshgani fonida koʻpaydi.

Soʻnggi koʻrsatilgan moliyaviy yilda Huangning jami mukofotlari $49,8 mlnni tashkil etdi. Bu summaga maosh, aksiyalar, bonuslar va boshqa toʻlovlar kirdi. Oldindan kelishilgan savdo rejasi doirasida u Nvidiaʼning qariyb $700 mlnlik aksiyalarini ham sotdi.

Huang Kaliforniya va Gavayida koʻchmas mulkka ega. U rafiqasi bilan Oregon State University, Stanford University va California College of the Artsʼni qoʻllab-quvvatlagan xayriya jamgʻarmasini tashkil qilgan.

Shu bilan birga, Nvidia rahbari kompaniya mijozi boʻlgan Megaspeed rahbari Elis Huang bilan aloqasi yuzasidan savollarga duch keldi. Dastlabki materialda aytilishicha, amerikalik amaldorlar u Xitoy hukumati uchun Nvidia haqidagi maʼlumotlarni toʻplashi mumkin, deb hisoblagan. Huang dastlab ularning aloqasini odatiy ishbilarmonlik munosabatlari deb atagan.

8-noyabr kuni u xodimlariga rafiqasiga xiyonat qilganini aytib, ayolning ismini tilga olmagan holda oilasidan uzr soʻradi. Nvidia direktorlar kengashi xorijiy razvedka ushbu aloqadan foydalanishga uringan boʻlishi mumkinligi yuzasidan mustaqil tekshiruv boshladi. Kengash Huangga boʻlgan ishonchi saqlanib qolayotganini bildirdi va kompaniya sirlari yoki milliy xavfsizlikka putur yetkazilgan, deb hisoblash uchun asoslar yoʻqligini aytdi.