AQShning eng yirik elektr tarmogʻi operatori data-markazlar bumiga yetishishga urinmoqda
PJM yirik isteʼmolchilar, jumladan data-markazlarni ulash arizalarini koʻrib chiqishni ikki yildan 12 oyga qisqartirishni taklif qildi.

AQSh elektr tarmogʻining eng yirik operatori PJM Interconnection Federal energetika tartibga solish komissiyasiga yangi yirik isteʼmolchilarni ulash va yangi generatsiya quvvatlarini ishga tushirishni tezlashtirishni taklif qildi. Operator 13 shtatda faoliyat yuritadi. Bu hududlarda data-markazlar sabab talab oshib, taxminan 6,8 GVt quvvat yetishmayapti.
Yetishmovchilik 2028/2029-yillar davri uchun elektr energiyasini xarid qilish auktsionida aniqlandi. PJM eng yuqori talab paytida generatsiyani taʼminlash uchun yetishmayotgan resurslarni topishi kerak. Operator vakili Jeff Shildsning aytishicha, yangi quvvatlar va elektr uzatish liniyalari yetarlicha tez ishga tushirilmayapti; avvalo ularning ishonchliligini tekshirish jarayonlarini tezlashtirish mumkin.
Oʻtgan oy PJM issiq havo fronti elektr stansiyalarining rejali taʼmiri bilan bir vaqtda kelganidan soʻng maksimal generatsiya rejimini eʼlon qildi. Taʼmirlash davrida qariyb 62 GVt quvvat mavjud boʻlmagan, bu taklif yetishmovchiligini keltirib chiqarib, elektr energiyasi narxlarini 1 MVt·soat uchun 1 000 dollardan oshirdi.
Arizalarni koʻrib chiqish muddatlarini qisqartirish operatorga yangi data-markazlarni ulash uchun tarmoqni modernizatsiya qilish eng shoshilinch zarur boʻlgan uchastkalarni ham aniqlashga yordam berishi kerak. PJM taklifi boʻyicha qarorni federal komissiya qabul qilishi kerak.




