Apple xotira taqchilligi bois Samsung bilan besh yillik shartnoma tuzishga hozirlik koʻrmoqda
Apple Samsung bilan DRAM yetkazib berish boʻyicha 2027 yilning birinchi yarmida kuchga kiradigan toʻrt-besh yillik kelishuv muzokaralarini deyarli yakunladi. Bitim hali tasdiqlanmagan.

Janubiy Koreya nashri maʼlumotiga koʻra, kelishuv butun muddat uchun qatʼiy past narxni nazarda tutmaydi. Samsung Apple uchun yetkazib berishning minimal hajmlarini taʼminlashi kerak boʻladi, xotira narxi esa bozor ortidan qayta koʻrib chiqiladi. Bunday holatda asosiy narx xatari xaridor zimmasiga tushadi.
Yondashuvdagi oʻzgarish sunʼiy intellekt tizimlarini oʻqitish va ishlatish uchun maʼlumotlar markazlari qurilishi sabab server DRAMga talab oshgani bilan bogʻlanmoqda. Xotira ishlab chiqaruvchilari quvvatlarini shu segmentga oʻtkazmoqda, shu bois Apple iPhone va MacBookʼning asosiy qatorlari uchun yetkazib berishni kafolatlamoqchi.
Kompaniya, aytilishicha, SK hynix bilan ham shunga oʻxshash uzoq muddatli kelishuvlar tuzmoqda. Ushbu kelishuvlarning moliyaviy shartlari yetkazib beruvchilar uchun foydaliroq. Apple va Samsung muzokaralarni rasman tasdiqlamadi. Agar shartnoma tasvirlangan shartlarda imzolansa, xotiraning qimmatlashishi kelajakdagi iPhone va Mac qurilmalari narxlariga taʼsir qilishi mumkin.




