47-hafta · 2026Juma, 20-noyabr 2026-yil
Jamiyat

Oʻzbekiston va Jahon bankining loyihalar portfeli 16 mlrd dollarga yaqinlashdi

Shavkat Mirziyoyev va Jahon banki guruhi prezidenti Ajay Banga infratuzilmaga xususiy investitsiyalarni jalb etish, ish oʻrinlari yaratish va suv xavfsizligini taʼminlash masalalarini muhokama qildi. Uchrashuv 11 noyabr kuni Antaliyada boʻlib oʻtgan BMTning COP31 iqlim konferensiyasi doirasida oʻtkazildi.

11-noyabr, 18:59По-русски

Read in English

Oʻzbekiston prezidenti matbuot xizmatiga koʻra, qoʻshma loyihalar portfeli hajmi 16 mlrd dollarga yaqinlashgan. Mirziyoyev va Banga Oʻsish va ish oʻrinlari dasturini amalga oshirish, mamlakat bilan hamkorlikning yangi dasturini tayyorlash hamda xususiylashtirish sohasidagi hamkorlikni muhokama qildi.

Xalqaro taraqqiyot uyushmasi resurslarini oʻrta muddatli koʻrib chiqish boʻyicha forumga tayyorgarlik ham alohida mavzu boʻldi. Forum dekabr oyida Toshkentda boʻlib oʻtadi.