Anthropic maʼlumotlar markazlari uchun 3,4 mlrd dollarlik gaz generatorlari buyurtmasini oʻz zimmasiga oladi
Financial Times maʼlumotlariga koʻra, Claude ishlab chiquvchisi umumiy quvvati qariyb 1,7 GVt boʻlgan Caterpillar gaz generatorlarini olishga kelishib oldi. Ushbu uskunalar maʼlumotlar markazlarini umumiy elektr tarmogʻiga ulanmasdan elektr energiyasi bilan taʼminlash imkonini beradi.

Anthropic Texasdagi OnePWR Solutions energetika kompaniyasi bilan 3,4 mlrd dollarlik kelishuv tuzdi. Nashr maʼlumotlariga koʻra, bu sunʼiy intellekt ishlab chiquvchisi tomonidan elektr energiyasi ishlab chiqarish uskunalarini alohida xarid qilish boʻyicha hozircha maʼlum boʻlgan eng yirik kelishuvdir.
Dastlab Anthropic elektr energiyasini OnePWRʼdan sotib olishni rejalashtirgandi. OnePWR taxminan ikki yil avval Caterpillar gaz generatorlariga buyurtma bergan, biroq xaridni yakunlash uchun qoʻshimcha mablagʻ kerak boʻlgan. Natijada Anthropic uskunalar buyurtmasini oʻz zimmasiga olishga kelishib oldi.
Kelishuv sunʼiy intellekt ishlab chiquvchilari maʼlumotlar markazlarini elektr energiyasi bilan taʼminlash yoʻllarini izlayotganini koʻrsatadi. Oʻz elektr energiyasini ishlab chiqarish energiyani aynan u isteʼmol qilinadigan maydonda olish imkonini beradi. Shu bilan birga, tabiiy gazni yoqish karbonat angidrid chiqindilari bilan kechadi. Ushbu qurilmalardan foydalanish natijasidagi chiqindilar hajmi ularning qanday ishlatilishiga bogʻliq boʻladi.




