47-hafta · 2026Juma, 20-noyabr 2026-yil
Jamiyat

Tramp migrantlar bilan bogʻliq vaziyat sabab Meksikaga bojlarni ikki baravar oshirish bilan tahdid qildi

Donald Tramp Meksika hukumati AQSh chegarasi tomon yoʻl olgan migrantlarni toʻxtatmasa, Meksika tovarlariga solinadigan bojlarni ikki baravar oshirish bilan tahdid qildi.

13-noyabr, 14:27По-русски

Read in English

upi.com

AQSh prezidenti 12 noyabr kuni Truth Social tarmogʻida Meksikada shimol tomon harakatlanayotgan migrantlar guruhlari shakllanayotganini yozdi. U Meksika hukumatidan ularni toʻxtatishni talab qildi va aks holda Vashington bojlarni zudlik bilan ikki baravar oshirishini bildirdi. Tramp bojlarning oshirilishi qaysi tovarlarga taalluqli boʻlishini aniqlashtirmadi.

Meksika prezidenti Klaudiya Sheynbaum migrantlar guruhi shimol tomon harakatlanayotganini tasdiqladi. Uning soʻzlariga koʻra, 2025 yil yanvaridan beri bunday karvonlarning birortasi ham AQSh chegarasigacha yetib bormagan. U Meksika hukumati guruh ishtirokchilarini kelib chiqish mamlakatlariga qaytarish ustida ishlayotganini qoʻshimcha qildi.

Trampning bayonotidan keyin bojlarni oshirish boʻyicha rasmiy qaror hozircha eʼlon qilinmadi.