47-hafta · 2026Juma, 20-noyabr 2026-yil
Iqtisodiyot

Yaponiyaning oktabrdagi eksport va importi rekord darajaga yetdi

Yaponiya Moliya vazirligiga koʻra, 2026-yil oktabrida eksport 11,77 trln iyen, import esa 12,25 trln iyenga yetdi. Har ikkisi ham rekord boʻldi.

19-noyabr, 12:11По-русски

Read in English

NevinThompson / Wikimedia Commons

Eksport oʻsishi ketma-ket 14-oy davom etmoqda. Vazirlik buni, jumladan, sunʼiy intellekt uchun chiplar talabiga bogʻlamoqda.

Yetkazib berishlar AQSh, Xitoy, ASEAN mamlakatlari va Yevropa Ittifoqiga, shuningdek, Tayvanga oshdi. Gonkong va Yaqin Sharq davlatlariga eksport esa qisqardi. Asosiy eksport toifalaridan yarimoʻtkazgich ishlab chiqarish uskunalari, elektrotexnika, avtomobillar va kimyo mahsulotlari eksporti koʻpaydi.

Yaponiyaning asosiy savdo hamkorlaridan import ham oshdi. Xomashyo narxlari yuqoriligi fonida neft importi koʻpaydi. Tashqi savdo taqchilligi 476,5 mlrd iyenni tashkil etdi, bir yil avval bu koʻrsatkich 301,9 mlrd iyen edi.