Ummon sultoni Mirziyoyevni Maskat aeroportida kutib oldi
Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16 noyabr kuni davlat tashrifi bilan Maskatga keldi. Uni xalqaro aeroportda Ummon sultoni Haytham bin Tariq Al Said kutib oldi.

Ummon havo hududida Mirziyoyevning samolyotiga sultonlik Qirollik harbiy-havo kuchlarining qiruvchi samolyotlari hamrohlik qildi.
Aeroportda Mirziyoyev sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Davlat rahbarlari rasmiy delegatsiyalar aʼzolari bilan salomlashib, saf tortgan qorovulni koʻzdan kechirdi. Qirollik terminalida qisqa suhbatdan soʻng ular birgalikda «Al-Alam» saroyiga yoʻl oldi.
Davlat tashrifi 16–17 noyabr kunlari davom etadi. Dasturdan oliy darajadagi muzokaralar va ishbilarmon doiralar vakillari bilan uchrashuvlar oʻrin olgan. Tomonlar savdo, investitsiyalar va qishloq xoʻjaligi sohalaridagi hamkorlikni muhokama qilishni rejalashtirmoqda. Muzokaralar yakunida ikki tomonlama hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.
Yana oʻqing

Senatda “Radioaktiv chiqindilar toʻgʻrisida”gi qonun muhokama qilindi
Siyosat12:47
Oʻzbekiston, Qirgʻiziston va Qozogʻiston mavsumiy suv va elektr energiyasi almashinuvini muvofiqlashtiradi
Siyosat10:10

