Tramp Senatni mudofaa uchun 350 mlrd dollarlik paketni koʻrib chiqishni tezlashtirishga chaqirdi
AQSh prezidenti Donald Tramp Senat rahbariyatini mudofaa uchun qoʻshimcha 350 mlrd dollar ajratishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ilgari surishga chaqirdi. Uning fikricha, bu mablagʻ AQSh armiyasini kuchaytirish uchun zarur.

Truth Socialʼdagi postida Tramp Senat hujjatni kechiktirmay ilgari surishi kerakligini aytdi. Uning soʻzlariga koʻra, mablagʻ ajratilishi amerikalik harbiy xizmatchilarga jang maydonida hal qiluvchi ustunlik berishi kerak. Shuningdek, u AQSh qurolli kuchlari «dunyoda kuchli va hurmatga sazovor» boʻlishi kerakligini yozdi.
Tramp respublikachilarni tashabbusni qabul qilishga chaqirdi va demokratlar bunday qilmasligini aytdi. U 2027-yil yanvarida qasamyod qiladigan Kongressning yangi tarkibini nazarda tutgan: har ikki palatada ham koʻpchilik respublikachilarga emas, demokratlarga tegishli boʻladi.
Avvalroq Tramp 2027-moliyaviy yilida armiyani moliyalashtirish uchun qoʻshimcha 350 mlrd dollar soʻragan edi.
Yana oʻqing

Senatda “Radioaktiv chiqindilar toʻgʻrisida”gi qonun muhokama qilindi
Siyosat12:47
Oʻzbekiston, Qirgʻiziston va Qozogʻiston mavsumiy suv va elektr energiyasi almashinuvini muvofiqlashtiradi
Siyosat10:10

