47-hafta · 2026Juma, 20-noyabr 2026-yil
Madaniyat

«Garri Potter» serialidan olingan lavha grafikasi sabab muxlislar orasida bahs-munozaralarga sabab boʻldi

HBO yangi serialining dastlabki kadrlari tomoshabinlarni ikkiga boʻldi: ayrimlar Hogvartsdagi sahnani maʼqullagan boʻlsa, boshqalar vizual effektlarni tanqid qildi.

16-noyabr, 14:41По-русски

Read in English

kinonews.ru

HBO «Garri Potter» serialining birinchi mavsumidan lavhani taqdim etdi. Unda Hogvartsning Katta zalidagi bayram ziyofati namoyish etilgan. Biroq video muxlislar tomonidan turlicha qabul qilindi: koʻpchilik grafikani yetarlicha ishonarli emas deb hisoblab, uni Kris Kolambusning 2001-yildagi filmidagi vizual effektlar bilan taqqosladi.

Videoni Skydance rahbari Devid Ellison eʼlon qildi. Ayrim tomoshabinlar original filmning kompyuter grafikasi yaxshiroq koʻringanini aytdi. Shu bilan birga, YouTubeʼdagi baʼzi muxlislar Albus Dambldor va Minerva Makgonagallning suhbat sahnasini ijobiy baholadi.

Serialning premyerasi 2026-yil Rojdestvo bayramida HBO Max platformasida rejalashtirilgan. Loyiha allaqachon ikkinchi mavsumga uzaytirildi, uning ustidagi ishlar debyut qismlari namoyish etilishidan oldin boshlangan.